Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Agar men prezident bo‘lganimda Putin urushga boshlashga qaror qilmagan bo‘lardi — Tramp

A A A
Agar men prezident bo‘lganimda Putin urushga boshlashga qaror qilmagan bo‘lardi — Tramp

Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp prezidentlik davrida Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini va Ukrainada haqiqiy urush xavfini his qilmaganini ta’kidladi.

"Agar men prezident bo‘lganimda, Putin hech qachon keng ko‘lamli bosqinchilikka qaror qilmagan bo‘lardi. Odamlarning hammasi tirik, go‘zal shaharlar vayron qilinmagan bo‘lar edi. Ularning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi", - dedi u.

Agar u prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, Rossiyaga Ukraina hududlarini bosib olishiga ruxsat beradimi, degan savolga Tramp: "Umid qilamanki, Putin bunga erishmaydi", — deya javob berdi.

Kiritildi: 19:20 18.03.2024. O'qildi: 1410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!