Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Agar memorandum yoqmasa, Eron yana zarba ostida qoladi

Agar memorandum yoqmasa, Eron yana zarba ostida qoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida agar Eron bilan tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumi shartlari unga ma’qul kelmasa, AQSh harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat yakuniy kelishuv emas va uning bajarilishi qat’iy shartlarga bog‘liq. U, shuningdek, memorandum doirasida Eron bilan sanksiyalarni bekor qilish darhol amalga oshmasligini ta’kidlagan.

“Bu o‘zaro anglashuv memorandumi. Agar menga yoqmasa, biz yana zarba berishga qaytamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

AQSh prezidenti Eron bilan kelishuv jarayoni hali yakuniga yetmaganini qayd etib, muzokaralar davom etayotganini bildirgan. Shuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalarida Eron uchun katta miqdordagi investisiya jamg‘armasi tashkil etilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Kiritildi: 14:08 18.06.2026. O'qildi: 1509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik