Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

"Afv eting": Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi

"Afv eting": Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi

Bugun, 20 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XXXI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda ayni paytda «Yangi O‘zbekiston» xabar qildi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2 iyuldan joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish va ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etish yuzasidan deputatlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar, mahalla faollari, tuman hokimlari so‘zga chiqib, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqealarga o‘z munosabatini bildirdi va Qoraqalpog‘iston xalqining bugungi kayfiyati xususida fikr bildirdi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayot o‘z maromida davom etmoqda.

Kiritildi: 16:09 20.07.2022. O'qildi: 11304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!