Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Afsus! Namangandagi yong‘inda uy egasining o‘g‘li ham yonib ketgan

A A A
Afsus! Namangandagi yong‘inda uy egasining o‘g‘li ham yonib ketgan

2021 yil 23 iyun kuni soat 17:10da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Sohilobod” MFY, Niyazboyev ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga boshqarmaning 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:36da yetib borgan. Yong‘in soat 17:38da o‘rab olingan va soat 17:54da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida uyning 30 kv.m. maydonida shift, tom va uy-jihozlari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘in oqibatida uy egasining o‘g‘li halok bo‘lgan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra yong‘in kelib chiqishiga maishiy propan gaz ballonidan foydalanish qoidalarini buzilishi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:25 25.06.2021. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!