Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Afrikada Qur’on anjumani

Afrikada Qur’on anjumani

Uganda poytaxti Kampala shahrida shu yilning 23-26 oktyabr kunlari Sharqiy Afrika davlatlarida Qur’on muassasalarining faoliyatini oshirish va tarbiyaning mo‘’tadillik (vasatiya) ni amalga oshirishdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan anjumanni o‘tkazishga mezbonlik qiladi.

Islom hamkorlik tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti – AYSESKO (ISESCO) tashkiloti, Qur’on va sunnatga oid xalqaro ilmiy Hay’at bilan Uganda Respublikasidagi Ubay bin Ka’b nomli Islom ma’hadi o‘rtasida hamkorlikda tashkil etiladigan mazkur anjumandan Afrikadagi Qur’on muassasalari holatini o‘rganib chiqish, muassasalarning ilmiy, tarbiyaviy va moliyaviy muammolar yechimini topish, Qur’on ta’limotini yetuk tajribalar asosida takomillashtirishga oid takliflar bilan tanishish, Qur’on karimni ta’lim berishda zamonaviy yangi texnologik vositalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va bu borada muvaffaqiyatli tajribalardan foydalanish va boshqa shu kabi mavzular to‘g‘risida fikr almashish maqsad qilingan.

Anjuman ishida Afrika davlatlaridagi Qur’on muassasalaridan 50 ga yaqin mas’ullar ishtirok etadi.

Manba: muslim.uz           

 

Kiritildi: 21:56 19.10.2018. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!