Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Afrika katta inqiroz yoqasida

A A A
Afrika katta inqiroz yoqasida

Bill Geys xayriya jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Afrika uchun hozirda eng katta xavf – bu aholining tezlik bilan o‘sib borishidir. Bu holat aholi qashshoqligini pasaytirish va salomatligini oshirishga bo‘lgan har qanday harakatlarni samarasiz bo‘lishiga olib kelishi aytilmoqda. 
 
Statistik taxminlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Afrika aholisi tezlik bilan o‘sib borayotgan mintaqadir. 2050 yilga borib aholi ikki baravar ko‘payadi va 2100 yilga borib bu son yana ikki martaga oshishi taxmin qilinmoqda. Bu esa hozirda qashshoq davlatlarni yanada qashshoqlashishiga, kasalliklarning ko‘payishiga, moliyaviy inqiroz hamda endi tiklanib borayotgan sanitariyaning umuman izdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
 
Ekspertlarning fikricha, agar hozirdan zaruriy choralar ko‘rilsa, bu o‘sishni 30 foizgacha tushirish imkoni bor va mintaqa inqiroz holatidan chiqib keta oladi.

Kiritildi: 18:15 18.09.2018. O'qildi: 1513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik