Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Afinada 1973 yilgi voqealarga bag‘ishlangan aksiyadan so‘ng tartibsizliklar boshlanib ketdi

Afinada 1973 yilgi voqealarga bag‘ishlangan aksiyadan so‘ng tartibsizliklar boshlanib ketdi

Afina markazida 1973 yilda politexnika universitetida yuz bergan isyonga bag‘ishlab o‘tkazilgan aksiyadan so‘ng tartibsizliklar boshlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabar qilinishicha, universitet joylashgan Eksarxiya tumanida anarxiyachilar guruhi chiqindi idishlariga o‘t qo‘yishmoqda, polisiyachilarga yonuvchi aralashma to‘ldirilgan shisha va toshlarni uloqtirishmoqda, do‘konlar oynalarini sindirishmoqda. Polisiya ularga shovqin granatalari va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob qaytarmoqda.

AQShning Afinadagi elchixonasi yonida ham namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyish 1967-1974 yillarda AQSh Gresiyadagi harbiy diktaturani qo‘llab-quvvatlaganiga norozilik ifodasi sifatida o‘tkazilmoqda.  

Elchixonaga olib kiradigan barcha yo‘llar avtobuslar bilan to‘silgan, elchixona polisiyachilar bilan o‘rab olingan.  

1973 yil noyabrda hukumatning talabalar ittifoqi faoliyatiga aralashuviga norozilik bildirgan talabalar politexnika universitetini egallab olishgan. 16 noyabrdan 17 noyabrga o‘tar kechasi tanklar universitet darvozalarini buzib kirgan, hujum oqibatida 23 kshi halok bo‘lgan va mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Yuzlab talabalar hibsga olingan. Isyon bostirilgan bo‘lsa-da, u ommaviy noroziliklarga olib kelgan va natijada diktatura ag‘darilgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 00:11 18.11.2018. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!