Bugun, 3 avgust kuni Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyati Gardez shahridagi masjidda portlash ro‘y berdi. Natijada 25 kishi halok bo‘ldi va 40 kishi jabrlandi.
Viloyat polisiya boshlig‘i Xoja Hasan masjidida hudkush o‘zini portlashi natijasida 20 kishi halok bo‘lgani va 40 kishi jabrlanganini tasdiqlagan.
Viloyatning sog‘liqni saqlash bo‘yicha mas’ullari porlashda 25 kishi halok bo‘lgani va 33 kishi jarohatlanganini tasdiqlagan.
Ba’zi guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 30 kishi halok bo‘lgan va 100 ga yaqin odam jarohatlangan. Ma’lum bo‘lishicha, portlash vaqtida masjidda 600 nafar odam bo‘lgan.
Hozircha portlash uchun javobgarlikni mamlakatda mavjud hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan.
Manba: qalampir.com