Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonda o‘zbek tiliga cheklov yo‘q

Afg‘onistonda o‘zbek tiliga cheklov yo‘q

Afg‘onistonda o‘zbek tilining qo‘llanilishiga cheklovlar joriy etilgani haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston TIV bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdi. Afg‘oniston rasmiylari mamlakat hududida o‘zbek tilidan foydalanishga hech qanday taqiq yo‘qligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ta’lim muassasalari peshtoqlaridagi yozuvlar mamlakat bo‘ylab yagona standart asosida pushtu, dariy va ingliz tillarida beriladi. Shu bilan birga, shimoliy hududlarda, jumladan Samangan universitetida yozuvlar pushtu, dariy va o‘zbek tillarida aks ettiriladi.
Shuningdek, joriy yildan boshlab Jouzjon davlat universitetida magistratura bosqichida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:23 08.01.2026. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!