Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Afg‘onistonda ayollarni majburlab turmushga uzatish taqiqlandi

Afg‘onistonda ayollarni majburlab turmushga uzatish taqiqlandi

“Tolibon” harakati yetakchisi Xaybatulloh Oxundzoda Afg‘onistonda ayollar huquqlarini ta’minlash choralarini ko‘rishni buyurdi. Uning buyrug‘i haqida harakatning matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Tvitter orqali ma’lum qildi.

Oxundzoda ayollar erkin insonligini va kimningdir mulki emasligini ta’kidlagan. “Hech kim ayolni o‘z ishlarini hal qilish yoki adovatni tugatish evaziga boshqa birovga (turmushga) bera olmaydi”, – deyiladi buyruqda.

Bundan tashqari, bevalarni ham marhum erining aka-ukasi yoki qaysidir qarindoshi bilan turmush qurishga majburlash man etildi. Bevalar kimga turmushga chiqishni o‘zlari hal qilishlari zarurligi ta’kidlandi.

“Tolibon” yetakchisi ayollarga zulm o‘tkazish Allohning g‘azabiga sabab bo‘lishini aytib, ayollarning meros huquqini tasdiqladi. Shuningdek, idoralar, Oliy sud va mahalliy hokimliklarga ayollarning huquqlari borasida aholini xabardor qilishga ko‘rsatma berdi.

Kiritildi: 23:15 04.12.2021. O'qildi: 3241 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!