Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Afg‘oniston Moskvada sentyabr boshida o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi

A A A
Afg‘oniston Moskvada sentyabr boshida o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi

 Afg‘oniston TIV sentyabr boshida Moskvada o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvda Qobul ishtirok etmasligi haqida bayonot berdi, deb xabar qildi Tolo News telekanali Afg‘oniston tashqi siyosiy mahkama vakiligi tayangan holda.

"Tinchlik o‘rnatish bo‘yicha jarayon Afg‘oniston Islom Respublikasi rahbarligi ostida o‘tkazilishi kerak. Biz Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etmaymiz", — deya bayonot qilgan vazirlik vakili Sibxgat Ahmadiy. Telekanal xabariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati shu paytga qadar muzokaralarga rasmiy taklifnoma olgani yo‘q.

Ilgariroq, Rossiya TIV 4 sentyabrda o‘tkaziladigan Moskva formatidagi maslahatlashuvga 12 ta davlat, shu jumladan AQSh ham taklif qilingani haqida xabar berilgandi.  Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi ushbu yig‘ilishga Doxa shahridagi toliblar harakatining siyosiy ofisi rahbariyatini ham taklif etganini qayd etib o‘tgandi.

 

Kiritildi: 09:52 23.08.2018. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik