Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Afg‘oniston janubidagi janglarda 27 nafar tolib o‘ldirildi

Afg‘oniston janubidagi janglarda 27 nafar tolib o‘ldirildi

Kuni kecha afg‘on qurolli kuchlari Zevalat, Tapi Tesha, Varsaku, Xaroti, Mashko qishlog‘i va Hoji Ne’mat tumanlariga havo va artilleriya zarbalarini berdi. Toliblar komandiri mulla Shafiqulla o‘ldirilganlar orasidan topilgan, yana bir komandir Qori Zarif yaralangan.

203-korpus matbuot xizmati tomonidan chop etilgan bayonotda ma’lum qilinishicha, havo va artilleriya zarbalari bir nechta qurol turlari va o‘q-dorilarning yo‘q qilinishiga olib kelgan.

203-korpus razvedka komandiri general Yosin Oriyon oshkor etilmagan vaziyatlarda halok bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
 

Kiritildi: 23:19 26.06.2018. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!