Aerostatlar jang maydoniga qaytmoqda.
Primitiv havo sharlari hamda takomillashtirilgan harbiy aerostatlardan foydalanish Rossiya-Ukraina urushida hozircha ommaviy tus olmagan.
Shunga qaramay, masalan, 2023 yil boshida Rossiya armiyasi Ukraina tomon burchakli qaytargichlar o‘rnatilgan havo sharlarini uchirish bo‘yicha bir nechta operasiya o‘tkazgan.
Ukraina esa, o‘z navbatida, bosib olingan hududlardagi Rossiya logistikasiga orqa tomondan zarba berayotgan dronlari bilan radioaloqani ta’minlash uchun maxsus aerostatlardan foydalanmoqda.
Bi-bi-si ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari yo‘lida aerostatlardan Rossiya hududining o‘zida ham bir necha bor foydalanilgan. Ma’lumki, bu hududlarda Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi ishlamaydi, Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarining zarba berish imkoniyatlari esa sezilarli darajada cheklangan.