Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Adam Qodirov ikkinchi marta Checheniston Qahramoni unvonini oldi

Adam Qodirov ikkinchi marta Checheniston Qahramoni unvonini oldi


Kichik Qodirovga medalni uning otasi, respublika rahbari Ramzan Qodirov topshirdi, deb xabar bermoqda TASS.

"Mazkur mukofot Adam Ramzanovichning vatanparvarligi, mas’uliyati va o‘z Vataniga sadoqatining munosib e’tirofidir. Adam o‘z mehnati bilan har kuni Vatanga xizmat qilish va xalq manfaatlariga sodiqlikning yuksak tamoyillariga amal qilishini isbotlab kelmoqda", — dedi Checheniston hukumati raisi Magomed Daudov.

Adam Qodirov shu paytgacha 30 dan ortiq mukofot va medallar bilan taqdirlangan. U hozirda Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi, xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i va otasining yordamchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Ramzan Qodirovning o‘g‘li Ukrainada jang qilayotgan chechen batalyonlariga, Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti va Checheniston Ichki ishlar vazirligiga kuratorlik qiladi.

Kiritildi: 21:47 12.06.2026. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!