Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Abu-Dabida Ukraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi kuni boshlandi

Abu-Dabida Ukraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi kuni boshlandi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi, Ukraina delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Rustem Umerov BAA poytaxtida Ukraina, Rossiya va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv doirasida muzokaralar qayta boshlanganini ma’lum qildi.

"Kecha bo‘lgani kabi shu formatlarda ishlayapmiz: uch tomonlama maslahatlashuvlar, guruhlarda ish olib borish va keyinchalik pozisiyalarni muvofiqlashtirish. Natijalar — keyinroq e’lon qilinadi", — deb yozdi u Telegram'da.

Avvalroq amerikalik rasmiy AQSH, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi Abu-Dabidagi muzokaralar samarali bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Abu-Dabida uch tomonlama formatdagi muzokaralar ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Muzokaralarning birinchi raundi 23–24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgandi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!