Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov Olimpiadada ishtirok etadimi?

Abduqodir Husanov Olimpiadada ishtirok etadimi?

"Lans" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Parij Olimpiadasida ishtirok etadi.

Championat.asia ma’lumotlariga qaraganda, Liga 1 klubi o‘zbekistonlik futbolchining 24 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadigan Olimpiadada qatnashishiga qarshi emas.

"Lans" bu paytda FIFA kunlari emasligi va yig‘in olib borishiga qaramay, Husanovga olimpiyachilar bilan birga bo‘lishiga rasman ruxsat bergan.

Ma’lumot o‘rnida, Timur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Ispaniya – O‘zbekiston

24 iyul, Parij

O‘zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O‘zbekiston

30 iyul, Parij

Kiritildi: 16:22 24.06.2024. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!