Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Abduqodir Husanov: «Men ushbu klubda o‘ynayotganimdan faxrlanaman»

Abduqodir Husanov: «Men ushbu klubda o‘ynayotganimdan faxrlanaman»

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov klubning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men ushbu klubda o‘ynayotganimdan faxrlanaman. «Siti»ning ajoyib muxlislari bor — ular uyda ham, safarda ham bizni katta sonda qo‘llab-quvvatlashadi. Bu futbolkani kiyish — juda katta mas’uliyat.

Ularning qo‘llab-quvvatlashi, albatta, biz uchun juda muhim. Men shaxsan ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman — hatto qiyin paytlarda ham ular bizni yolg‘iz qoldirmaydi. Biz buni juda qadrlaymiz.

Biz ular uchun yana ko‘proq sovrinlar yutishni istaymiz. Va, albatta, mening orzum — Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish».

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!