Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Abdulla Aripov ukrainalik vazir bilan gaplashib oldi

Abdulla Aripov ukrainalik vazir bilan gaplashib oldi

5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ukraina Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan kubov bilan telefon orqali suhbatlashdi.Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ukraina Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan kubov bilan telefon orqali suhbatlashdi.
 
Ikki mamlakat mansabdorlari o‘zaro savdo aloqalarida O‘zbekiston va Ukraina bozorlariga kirishni ta’minlash masalalarini muhokama qilgan.
 
O‘zbekiston Bosh vaziri hamkorlikdagi komissiyalar ishini tiklashni qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, o‘zaro bozorlarga tovar olib kirishda hech qanday to‘siq yo‘qligi va muammoli vaziyatlar hal qilinganini ta’kidlagan.
 
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshida Ukrainada O‘zbekiston yengil avtomobillariga qarshi antisubsidiya tekshiruvi boshlangach, ukrain dori vositalari O‘zbekistonga kiritilmay qo‘ydi.
 
3 dekabr kuni esa Ukrainada O‘zbekiston yengil avtomobillari importiga nisbatan olib borilayotgan antisubsidiya tekshiruvlar to‘xtatildi. 

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 05:26 06.12.2018. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!