Eron qo‘shnilari va Yaqin Sharq davlatlari bilan yaxshi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi va Misr bilan hech qanday kelishmovchiliklarga ega emas.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bu haqda Tehronda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Islom Birligi Konferensiyasida ma’lum qildi.
"Biz barcha islom mamlakatlari, ayniqsa qo‘shnilarimiz bilan yaxshi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz barcha islom mamlakatlari bilan yaqinroq iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni istaymiz; ularning barchasi bilan keng qamrovli munosabatlarimiz bor", dedi u.
Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, Eron qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga intiladi: "Biz Livandagi barcha guruhlar va fraksiyalar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumati bilan yaxshi munosabatlarga tayyormiz. Albatta, bizga bu hukumat olib borayotgan ba’zi siyosatlar yoqmaydi. Umid qilamizki, Livan Tashqi ishlar vazirligi ko‘proq rasionallik namoyish etadi".
Eron tashqi ishlar vaziri shuningdek, Tehron Afrika mamlakatlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishini va kengroq aloqalarni rivojlantirish niyatida ekanligini aytdi.