Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

90 yil ichida birinchi marta iyunda qor yog‘di

90 yil ichida birinchi marta iyunda qor yog‘di

Koloradoda yozgi tengkunlikda qor yog‘di. Forum Daily’ning yozishicha, ayrim joylarda qor qoplami qalinligi yarim metrdan oshdi.

Xabarda aytilishicha, 21 iyunda Steamboat kurortida dengiz sathidan taxminan 2 kilometr balandlikdagi hududda kun davomida yoqqan qor qalinligi qariyb 20 santimetrga yetgan. Denverdan taxminan 250 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Stimbot-Springs kurorti bunday ajoyib tabiat hodisasini «yozgi qor», deb nomladi.
Qorli ob-havo haqida ogohlantirish 23 iyundan beri amal qilgan, lekin bu paytda kurortda havo sezilarli darajada ilib, quyosh qor uyumini eritib yuborgan.

Milliy meteorologik xizmat xabariga ko‘ra, bu haftada shaharda Selsiy bo‘yicha 27,7 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:15 26.06.2019. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!