Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

9 iyun sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

9 iyun sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

1247 yil— Mo‘g‘ullar imperiyasining poytaxti Qoraqurumga yetib borgan ilk yevropaliklardan biri italiyalik sayyoh va rohib Jovanni da Plano Karpini Kiyevga qaytgan;

1762 yil— Rossiya imperiyasi Prussiya bilan ittifoq tuzgan;

1815 yil —Vena kongressi yakunlangan, u Napoleon urushlaridan keyin yangi Yevropa dunyo tartibini belgilab bergan. 1814 yil sentyabrdan 1815 yil iyunigacha Venada avstriyalik diplomat Graf Metternich boshchiligida bo‘lib o‘tgan Kongressda Usmonli imperiyasidan tashqari barcha Yevropa davlatlari vakillari ishtirok etishgan;

1822 yil— AQShda Charlz Grehem sun’iy jag‘ni patentlagan;

1885 yil—Xitoy Hindi-xitoy ustidan fransuz protektoratini tan olgan;

1887 yil— Verniy shahrida (hozirgi Olmaota) zilzila yuz bergan, taxminan 800 kishi o‘lgan;

1889 yil — Rimda Jordano Bruno yoqilgan joyda unga yodgorlik o‘rnatilgan;

1923 yil— Bolgariyadagi harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan;

1934 yil— Donald Duck ishtirokidagi birinchi multfilm chiqqan;

1941 yil — Uchinchi reyxda SSSRning bosib olingan hududlarini ekspluatasiya qilish uchun "Sharq" shtab-kvartirasi tashkil etilgan;

1959 yil— bortida ballistik raketalari bo‘lgan ilk suvosti kemasi— Amerikaning "Jorj Vashington" kemasi ishga tushirilgan;

1963 yil—Uinston Cherchill AQShning faxriy fuqarosi deya e’lon qilingan;

1993 yil —Stiven Spilbergning "Yura davriga sayohat" filmi ekranlarga chiqqan;

1994 yil— Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxt Olmaotadan Akmolaga (sobiq Selinograd, 1998 yildan— Ostona) ko‘chirilishini e’lon qilgan;

1995 yil — Sochida Ukraina prezidenti Leonid Kuchma va Rossiya prezidenti Boris Yelsin Qora dengiz flotini bo‘lish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan;

1995 yil— Milliy tiklanish demokratik partiyasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan;

1995 yil— "Xalq birligi" harakati Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan;

2000 yil — Vladimir Putin Chechenistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident boshqaruvini joriy qilgan.

Kiritildi: 22:59 09.06.2021. O'qildi: 3432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!