Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

9/11: dunyo tarixidagi qora kun

9/11: dunyo tarixidagi qora kun

2001 yil 11 sentyabr kuni (9/11) Amerika Qo‘shma Shtatlarida 4 ta terakt sodir etilgan. Ushbu teraktlarni Saudiya Arabistoni yordamida "Al-Qoida" terrorchilik tashkiloti amalga oshirgan.

Shu kuni ertalab jami 19 kishidan iborat terrorchilar 4 guruhga bo‘lingan va 4 ta yo‘lovchi samolyotini egallab olgan. Har bir guruhda boshlang‘ich uchuvchilik tayyorgarligiga ega kamida bittadan a’zo bo‘lgan. 2 ta samolyot Nyu-Yorkdagi Manxetten shahri janubiy qismida joylashgan Butunjahon savdo markaziga borib urilgan.

Egizaklar deb nom qozongan bu 2 minoraning birinchisiga 11 American Airlines, ikkinchisiga 175 United Airlines borib urilgan. Oqibatda ikkala minora ham yer bilan bitta bo‘lgan.

Uchinchi samolyot 77 American Airlines Vashingtondan uncha uzoqda bo‘lmagan Pentagon binosiga yo‘naltirilgan. To‘rtinchi samolyot (93 United Airlines) yo‘lovchilari va ekipaji terrorchilarga qarshilik ko‘rsatishgan va layner Pensilvaniya shtatida halokatga uchragan.

19 terrorchidan tashqari hujumlar oqibatida 2977 kishi halok bo‘lgan, 24 nafari izsiz yo‘qolgan. Qurbonlarning aksariyati oddiy fuqarolar edi. Bu terakt qurbonlar soni bo‘yicha tarixdagi eng qora kun sifatida qolgan.

Kiritildi: 13:58 11.09.2019. O'qildi: 2430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!