Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

89 yoshli Norvegiya qiroli kasalxonaga yotqizildi

89 yoshli Norvegiya qiroli kasalxonaga yotqizildi

89 yoshli Norvegiya qiroli Xarald V infeksiya va suvsizlanishdan davolanmoqda, deb xabar beradi TASS.

Norvegiya monarxi, qariyb to‘qson yoshni qarshi olgan Xarald V 24 fevral kuni Ispaniyaning Tenerife orolida infeksiya va suvsizlanish tufayli kasalxonaga yotqizildi.

— Qirol janobi oliylari bugun kechqurun Tenerife shahridagi Universitario Hospiten Sur kasalxonasiga olib ketildi. Qirol infeksiya va suvsizlanishdan davolanmoqda va uning ahvoli barqaror, — deyiladi saroy bayonotida.

Monarxning shaxsiy shifokori uni davolash uchun Ispaniya oroliga yetib bordi. Qirollik oilasi qishki ta’tilni Tenerife orolida o‘tkazmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:00. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!