Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

83 yil oldin ishlab chiqarilgan pomidor sharbati auksionga qo‘yiladi

 83 yil oldin ishlab chiqarilgan pomidor sharbati auksionga qo‘yiladi

Ford Motor Company tomonidan 1938 yilda quyilgan pomidor sharbati shishasi Sotheby’s auksion orqali sotuvga qo‘yiladi. Henry’s Attic: Some Fascinating Gifts to Henry Ford and His Museum kitobiga ko‘ra, Genri Ford Dirborndagi plantasiyasida uch haftagina kichik konserva zavodini ochgan va shahar xayriya tashkilotlariga sharbatlarni bepul yetkazib bergan, deb xabar beradi Motor.

«Buyuk depressiya» davri boshlanishidan oldin Genri Fordning Michigan janubi-sharqida yuzlab gektar yeri bo‘lgan va u yerda soya, sabzi, pomidor va boshqa poliz ekinlari yetishtirilgan. Amerika uchun og‘ir kechgan o‘nlab yillar davomida sanoatchi hosilning bir qismini xayriya tashkilotlariga bepul tarqatgan. 1938 yilda Dirborndagi eski maktab binosida (hozirda konsern shtab-kvartirasi joylashgan) Ford pomidor sharbatini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan konserva zavodini ochgan.

Uch hafta davomida 30 nafar bola va besh nafar erkak sharbatni idishlarga quygan. Jami ishlab chiqarilgan 52 505 shishadan hozirgacha juda oz qismi saqlanib qolgan, ammo vaqti-vaqti bilan ular auksionlarda paydo bo‘lib turadi — asosan bo‘sh. Sotheby’s orqali hali ochilmagan shisha sotuvga qo‘yilmoqda, ammo uning ichidagi sharbat iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Shisha ustidagi yorliqqa ko‘ra, Ford Motor Company sharbati A, B va C vitaminlariga boy, Ford’ning Dirborndagi fermasida yetishtirilgan sara pomidorlardan qilingan.

Tarixning bir qismiga aylangan ushbu shisha 150—300 dollarga baholanmoqda. Ta’kidlash kerakki, 1938 yilda kompaniyaning pomidorlar bilan bog‘liqligi yakunlanmagan. Oradan 76 yil o‘tgach, Ford H.J.Heinz Company bilan birlashib, pomidor po‘stlog‘i, poyasi va urug‘larini o‘rganadigan biokompozit loyihani yaratish bo‘yicha tadqiqotni ishga tushirilgan.

Kiritildi: 20:20 30.08.2021. O'qildi: 2996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!