Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

60dan ortiq mamlakat rahbarlari "tabiatga va’da" berishdi

60dan ortiq mamlakat rahbarlari "tabiatga va’da" berishdi

Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan 50 yil ichida hayvonot olamining uchdan ikki qismi vakili insoniyat tomonidan yo‘q qilingan.

Dunyoning 60dan ortiq mamlakati va hukumati rahbarlari Nyu-Yorkda "Tabiatga va’da" deb nomlangan bayonotni imzolashdi. Ushbu hujjat bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

 "Ushbu va’dani bajarish bilan biz sayyorani inqirozdan olib chiqishda so‘zdan amaliy ishga o‘tish majburiyatini va birgalikdagi mas’uliyatni zimmamizga olamiz", - deyiladi bayonotda.

 Hujjatda jumladan, brakonyerlikka chek qo‘yish va 2050 yilga kelib dunyo okeaniga plastik chiqindilar tushishiga barham berish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan. 

 "Bioxilma-xillik bizning sug‘urtamiz hisoblanadi, u bizga toza havo va suv, ovqat, biomateriallar va kiyim beradi. U ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi va yashashimizni ta’minlaydi", - dedi Gremaniya atrof-muhitni himoya qilish va yadroviy xavfsizlik vaziri Svenya Shulse.

Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan 50 yil ichida hayvonot olamining uchdan ikki qismi vakili insoniyat tomonidan yo‘q qilingan. Hisobotda aytilishicha, 1970 yildan buyon umurtqalilar soni 68 foizga kamaygan.

Kiritildi: 22:49 29.09.2020. O'qildi: 1941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!