Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

6 yoshli malika Sharlotta dunyodagi eng badavlat qizaloq deb topildi

6 yoshli malika Sharlotta dunyodagi eng badavlat qizaloq deb topildi

Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va gersoginya Keyt Middltoning qizi malika Sharlotta dunyodagi eng badavlat qizaloq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sharlotta mazkur reytingda akasi shahzoda Jorj va ukasi shahzoda Luidan tashqari, xonanda Beyonsening qizi Blu Ayvi Karter, Kim Kardashyanning qizlari – Nort va Chikagoni ham ortda qoldirib ketgan.

6 yoshli qizaloqning boyligi 5 milliard AQSh dollariga teng. Kembrij gersogining o‘g‘illari ham eng badavlat bolalar reytingidan o‘rin egallaganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahzoda Jorjning boyligi ayni vaqtda 3 milliard, kichkintoy Luining boyligi esa 1 milliard AQSh dollariga teng.

Qirollik oilasi ekspertlari ushbu fenomenni Sharlottaning har safar omma qarshisiga chiqishi katta shov-shuvga sabab bo‘lishi bilan izohlagan. Jajji malikaning kiyib olgan libosiga bo‘lgan talab shu kunning o‘zidayoq oshib ketadi. Bu holatga “Sharlotta effekti” deb nom berilgan.

Kiritildi: 16:40 18.10.2021. O'qildi: 3361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!