Xonanda Nargiz Zokirova hozirda uning qalbidan kim joy olganligini ma’lum qildi.
Bu esa shaxsiy hayotini o‘ta sir tutadigan Nargizning muxlislari uchun juda qiziq bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya internet manbalari yozmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda Zokirova hamkasbi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uning tanlagani - o‘z jamoasining texnik xodimi Anton Lovyagin.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u Antonni oilali bo‘lgan paytidayoq sevib qolgan. Keyinchalik uchrasha boshlashgan. Qayd etilishicha, juftlik olti yildan buyon birga bo‘lib, Anton undan 11 yosh kichik.
«Ammo bu munosabatlarga xalaqit bermayapti», deydi Nargiz.