Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

55-o‘lim. Koronavirus qurbonlari soni yana oshdi

55-o‘lim. Koronavirus qurbonlari soni yana oshdi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 50 yoshli R.YU. (ayol) joriy yil 3 iyuldan 9 iyulgacha uy sharoitida davolanib yurgan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygach, 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, ilk aniqlangan qandli diabet hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan. 

9 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.
 Bemor bir yildan buyon onkologik kasallik bilan og‘rib kelgan.Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
 Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 

Kiritildi: 09:36 11.07.2020. O'qildi: 5767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!