Yo‘qolgan odamni qidirishning eng uzoq davom etgan izlanishlaridan biri omad bilan yakunlandi. Britaniya polisiyasi yarim asrdan ko‘proq vaqt oldin g‘oyib bo‘lgan ayol tirik va sog‘-salomat topilganini tasdiqladi.
Sheila Foks 1972 yilda Angliyaning markaziy qismidagi Koventri shahrida g‘oyib bo‘lganida 16 yoshda va ota-onasi bilan yashar edi. Polisiya uni biror erkak bilan aloqada bo‘lib, u bilan qochib ketgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilgan.
Tergovchilar tomonidan avvalgi ishlarni qayta ko‘rib chiqish jarayonida topilgan Foksning eski fotosurati uning topilishiga yordam berdi. Surat nashr etilganidan bir necha soat o‘tib, polisiyaga yo‘qolgan ayol haqidagi ma’lumot bilan qo‘ng‘iroq qilishgan.
Ushbu ma’lumot ortidan Foks topilgan va polisiyaning aytishicha, u «xavfsiz va mamlakatning boshqa qismida yashaydi».
Vest-Midlends polisiyasining «ochilmay qolgan ishlar» bo‘yicha guruhidan detektiv Jenna Shou Sheyla 50 yil o‘tib bo‘lsa-da topganidan xursandligini aytadi.
«Har bir bedarak yo‘qolgan odamning o‘z hikoyasi bor va ularning oilalari va do‘stlari ularga nima bo‘lganini bilishlari va ular bilan qayta uchrashishlariga umid qilishlari kerak», – deya qo‘shimcha qilgan u.