Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

5 yillik aliment pullari undirildi

A A A
5 yillik aliment pullari undirildi

Fuqarolik ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor N.Hasanovdan undiruvchi D.Ko‘makova foydasiga uch nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning doimiy yashash joyi ko‘zdan kechirilganda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar aniqlanmagan va ro‘yxatga olinmagan.
Qarzdor N.Hasanovning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligi 2014 yilning yanvar oyidan 2019 yil may oyiga qadar jami 46 mln. 258 ming so‘mni tashkil etgan.
Qarzdor aliment to‘lovlarini to‘lashi lozimligi va to‘lamagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasiga ko‘ra ma’muriy qamoq jazosi qullanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi va bundan xulosa chiqargan qarzdor ota N.Hasanov undiruvchiga 49 mln. 500 ming so‘m to‘lab berdi.

Kiritildi: 15:16 31.05.2019. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik