Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

5 ta alomat. Qorni og‘riydigan odam koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinmi?

5 ta alomat. Qorni og‘riydigan odam koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinmi?

Buyuk Britaniyadagi Oksford universiteti olimlari  koronavirusga chalingan bir necha ming bemor bilan suhbat o‘tkazdilar va barcha yuqtirganlarga xos bo‘lgan beshta asosiy simptomni aniqladilar. Avvalo, olimlar hid va ta’mning yo‘qolishini eng muhim alomat deb topishdi. Bu COVID-19 yuqtirganlarning 59 foizida kuzatilgan.

Ikkinchi alomat — qorin og‘rig‘i, chunki u o‘pkaning pastrog‘ida pnevmoniya alomati bo‘lishi mumkin.

Xitoyning Uxan shahrida ko‘plab bemorlarda diareya uchinchi alomat sifatida tan olindi.

Yana bir alomat — follikulyar kon’yuktivit: "qonli" ko‘zlar, yiring to‘planishi, ko‘z qichishishi. Va nihoyat, charchoq oxirgi alomat deb hisoblandi: agar charchoq bemor uchun kutilmagan holat bo‘lsa, demak, bu virus alomati bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 10:25 26.09.2020. O'qildi: 3176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!