Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

5 oktyabrdan poytaxtning beshta tumanida issiq suv o‘chiriladi

5 oktyabrdan poytaxtning beshta tumanida issiq suv o‘chiriladi

Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Tashkent xabar berdi.

Rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 5 oktyabrdan boshlab 5 kun davomida Toshkent shahri IM-6, IM-8, Vodnik va Sanoatenergo qozonxonalari ta’minot hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Qayd etilishicha, ushbu ishlar kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Manzillar:

Mirobod tumani: Baratxo‘ja, Parvona, Chinor, Yuksalish, Yangi Qo‘yliq, Tolariq, Ziyonur, Bilimdon, Fayzobod, Sariqo‘l, Qorasuv, Oltinko‘l, Furqat, Abdurauf Fitrat MFYlari.

Yashnobod tumani: Katta Qo‘yliq, Mumtoz MFYlari.

Sergeli tumani: O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Madadkor, Ziynat, Yangi Sergeli, Sohibkor, Sofdil, Nilufar, Ittifoq, Nurhayot, Saxovat, Qipchoq, Xalqobod, Madaniyat, Birdamlik, Shukrona, Qo‘shqo‘rg‘on, Quruvchilar, Farog‘atli MFYlari.

Yangihayot tumani: Mash’al, Navqiron, Al-Farg‘oniy, Viqor, Yo‘ldosh, Chorbog‘, Zarbdor, Do‘stlik, Charog‘on, Yorqinhayot, Xushnud MFYlari.

Bektemir tumani: Zilola, Rohat, Mirishkor, Iqbol MFYlari.

Kiritildi: 17:45 04.10.2026. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!