Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

45 kishi gazdan zaharlandi, ularning aksariyati o‘quvchilar

45 kishi gazdan zaharlandi, ularning aksariyati o‘quvchilar

Qozog‘istonda 45 kishi tabiiy gazdan zaharlangan, ularning 41 nafari o‘quvchilar.

Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik salomatligi muhofazasi qo‘mitasi rahbari Jandarbek Bekshin bugun, 19 mart kuni ma’lum qilgan.

RIA Novosti Jandarbek Bekshin bayonotidan iqtibos keltiradi. Unda aytilishicha, kecha, 18 mart kuni mahalliy vaqt bilan 16.40 da Chimkent shahar kasalxonasiga zaharlanish alomatlari bilan o‘quvchilar yetkaziladi. Bolalarda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qisqa muddatli behushlik belgilari bo‘lgan. Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Muolajadan so‘ng bemorlarga uyga javob berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisaga maktabdan 600 metr narida joylashgan gaz taqsimlash stansiyasidan metan sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

O‘zA

Kiritildi: 10:52 19.03.2019. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!