Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

41 yoshli Ronaldu faoliyatidagi 35-sovrinni qo‘lga kiritdi

41 yoshli Ronaldu faoliyatidagi 35-sovrinni qo‘lga kiritdi

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan birgalikda Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu portugaliyalik yulduz uchun faoliyatidagi 35-sovrin bo‘ldi.

Pro-Liganing hal qiluvchi 34-turida “An-Nasr” o‘z maydonida «Damak»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu mazkur bahsda dubl muallifiga aylandi.

Krishtianu faoliyati davomida:

- «Sporting» bilan — 1 ta;
- «Manchester Yunayted» bilan — 9 ta;
- «Real Madrid» bilan — 15 ta;
- «Yuventus» bilan — 5 ta;
- Portugaliya terma jamoasi bilan — 3 ta;
- «An-Nasr» bilan esa — 2 ta sovrin yutib ulgurdi.

Ma’lumot uchun, dunyo futbolida eng ko‘p sovrin yutib olgan futbolchi Lionel Messi hisoblanadi — argentinalik hisobida 45 ta trofey bor.

Bu ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni:

- Dani Alves — 41 ta;
- Markinyos — 40 ta;
- Hassan va Serxio Buskets — 39 tadan sovrin bilan egallab turibdi.

Kiritildi: Bugun 09:44. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!