Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

3ta tumanda turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun maxsus soliq rejimi tatbiq etiladi

3ta tumanda turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun maxsus soliq rejimi tatbiq etiladi

Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish bo‘yicha 300 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, 25 ming ish o‘rinlari yaratiladi.

Buning uchun, maxsus dastur qabul qilinib, unda quyidagilar nazarda tutiladi: Jizzax shahridagi temir yo‘l vokzalidan ushbu hududlardagi turistik majmualarga tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi; Toshkent shahri va boshqa hududlardan uyushgan holda keladigan turistlarga transport xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi; ushbu tumanlarning turizm ob’ektlarigacha yo‘l va elektr ta’minotiga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Aholi xonadonlarida “oilaviy mehmon uylari”ni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quv markazi tashkil etiladi va imtiyozli kreditlar, subsidiya va yangi yengilliklar paketi joriy etiladi. Ushbu tumanlardagi turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun maxsus soliq rejimi tatbiq etiladi. Bunda, uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi. Yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi.

Shuningdek, “Zomin” turistik hududida zamonaviy tog‘-chang‘i kompleksi, tog‘-dor yo‘li, 8 ta sihatgohdan iborat “rekreasion zona” barpo etiladi. Umuman, kichik biznes va xizmatlar sohasida “mahallabay” ishlash orqali viloyatda 100 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Kiritildi: 13:48 21.10.2021. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!