Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

375 kilogramm oltin va millionlab dollar naqd pul (FOTO)

375 kilogramm oltin va millionlab dollar naqd pul (FOTO)

Iroqda korrupsiyaga qarshi tergov doirasida rasmiylar amaldorlardan 375 kilogrammdan ortiq oltin va o‘nlab million dollar naqd pul musodara qildi. Tergov Iroq Neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumaylining korrupsiyada gumonlanib hibsga olinishi bilan bog‘liq, deb yozadi CBS.

Hukumat ikkita operasiya o‘tkazdi: birinchisi doirasida 358 kg oltin, ikkinchisi davomida esa yana 17 kg oltin musodara qilindi. Bundan tashqari, oqava suv qudug‘idan (septikdan) 10,6 million dollar qiymatidagi iroq dinorlari topildi. Musodara qilingan oltin mamlakat Markaziy bankiga qaytarildi.

Iroq hukumati vakili Haydar al-Abudiyning ta’kidlashicha, musodara qilingan mablag‘larning umumiy summasi 96 million dollardan oshadi, bunga qo‘shimcha ravishda ko‘chmas mulk, avtomobillar va oltin ko‘rinishidagi yana 24 million dollar bor, deb qayd etadi CBS.

375 kilogramm oltin va millionlab dollar naqd pul (FOTO)

375 kilogramm oltin va millionlab dollar naqd pul (FOTO)

Kiritildi: 17:51 15.07.2026. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!