Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

35 000 so‘mga go‘sht?! Qani, qayerda?

35 000 so‘mga go‘sht?! Qani, qayerda?

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 29 oktyabr kuni oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari bo‘yicha kuzatuv o‘tkazildi.

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (36 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (63 000) so‘mdan kuzatildi.

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum (10 ta donasi) mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch (kilogramm) mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (4 000 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i (litr) mahsulotari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (9 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining«Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar (kilogramm) mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 200) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (7 000) so‘mdan kuzatildi.

Kiritildi: 15:18 31.10.2019. O'qildi: 2794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!