Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

30 yildan keyin: Formula-1 Afrikaga qaytadi

30 yildan keyin: Formula-1  Afrikaga qaytadi

Afrikada 30 yil ichida birinchi poyga Ruandadagi trassada bo‘lib o‘tadi, ammo trassa hali qurilmagan, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

Afrika Gran-prisi 2030 yillarning boshlarida Formula-1 jahon chempionati taqvimiga kiritiladi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Formula-1 1993 yildan beri birinchi marta Ruanda bilan imzolangan o‘n yillik shartnoma asosida Afrika qit’asiga qaytadi.

Uzoq muddatli shartnomaga ko‘ra, birinchi poyga Ruandaning Bugesera hududida quriladigan trassada bo‘lib o‘tadi. Poyga trassasining qurilishi 2030 yillarning boshlariga qadar yakunlanishi kerak.

Afrika qit’asidagi so‘nggi Formula-1 poygasi 1993 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan. O‘sha poygada fransuz Alen Prost braziliyalik Ayrton Sennani ortda qoldirib, birinchi bo‘lib marraga yetib kelgan.

Kiritildi: 04:20 15.10.2026. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!