Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

30 yil ichidagi birinchi qattiq sovuq: Texasda qahraton tufayli turar-joy binolari qulab tushmoqda

30 yil ichidagi birinchi qattiq sovuq: Texasda qahraton tufayli turar-joy binolari qulab tushmoqda

AQShning Texas shtatida anamol sovuq va qahraton odamlar yashaydigan uylarning buzilishi boshlanishiga olib keldi. Ushbu holat aks etgan video tvitter ijtimoiy tarmog‘ida tarqaldi.

Kadrlarda odamlarning yig‘layotgani, vayron bo‘lgan uylar namoyish etilgan: shiftlar qulab tushgan, uy jihozlari esa va qor bilan qoplangan.

Ta’kidlanishicha, Texasda 30 yil ichida birinchi marta havo harorati minus 20 darajagacha pasaygan.

Hokimiyat mahalliy elektr tizimiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun elektr energiyasini o‘chirishga qaror qilgan. Natijada 4,5 million xonadon elektr va issiqliklisz qolgan.

Kiritildi: 21:15 18.02.2021. O'qildi: 3886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!