Amerikalik er-xotin 1994 yildan beri saqlanib kelayogan embriondan rivojlangan o‘g‘il bolaning ota-onasi bo‘lishdi.
Donor Linda Archand 30 yil avval in vitro urug‘lantirish amaliyotini o‘tkazgan, ushbu aralashuv yordamida qiz tug‘gan va yana uchta embrionni muzlatib qo‘ygan.
Ikkitasi biroz o‘tib egasini topgan, faqat bittasi qolgan edi. 30 yil ichida ayol uni muzlatib saqlab turishlari uchun pul to‘ladi.
Nihoyat, o‘tgan yili boquvchi ota-onasini topgan bolakay iyul oyida dunyoga keldi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning fotosuratlari Archandga yuborilgan. Ayol chaqaloq opasiga o‘xshashligini aytgan. Faqat u 30 yoshda!