Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

3 nafar o‘zbekistonlik Rossiyada YPX xodimini do‘pposladi

3 nafar o‘zbekistonlik Rossiyada YPX xodimini do‘pposladi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar yo‘l parul xizmati xodimini do‘pposladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda. 

Huquqni muhofaza qilish organlari bergan xabarga ko‘ra, polisiya tomonidan to‘xtatilgan avtomobil haydovchisi va ikki yo‘lovchisi polisiya xodimining qonuniy talablarini bajarishmagan va unga tan jarohatlari yetkazishgan. Haydovchi va bir yo‘lovchi qo‘lga olindi. Uchinchi ishtirokchini qidirib topish va qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Bosh konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan, deyiladi TIV xabarida. 

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakat Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Kiritildi: 11:06 18.09.2019. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!