Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

3-marta: Dastin Porye va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

3-marta: Dastin Porye va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Engil vazn toifasida UFC jangchisi Dastin Porye sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi kechadigan uchinchi jangi sanasini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jang 10 iyulda (Toshkent vaqti bilan 11 iyul) bo‘lib o‘tadi.

10 iyul kuniga UFC 264 musobaqasi rejalashtirilgan.

Avvalroq Porye Konorga qarshi uchinchi jangni o‘tkazish uchun yengil divizion vakant kamari uchun kechadigan jangdan voz kechgani ma’lum bo‘lgandi.

Porye UFC 257 musobaqasida Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Undan avval yakkakurashchilar 2014 yilda ham o‘zaro to‘qnash kelgan va unda irlandiyalik sportchi birinchi raundda Poryeni nokautga uchratgandi.

 

Kiritildi: 14:40 29.03.2021. O'qildi: 3784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!