Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

28 yoshli erkak 5-qavatdan pastga qulagan chaqaloqni qanday qutqardi? (video)

28 yoshli erkak 5-qavatdan pastga qulagan chaqaloqni qanday qutqardi? (video)

Odatda, yuqori qavatdan ochiq derazadan pastga tushib ketgan chaqaloqlarning qismati fojiali tugaydi. Ammo bu safar hammasi ijobiy yakun topdi.

Xitoyning shimoliy-g‘arbida, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida ajoyib voqea yuz berdi. Guvohlarning aytishicha, ko‘chada ko‘pchilik beshinchi qavatdagi ochiq derazada chaqaloq turganini ko‘rishgan, ammo uni qutqarishga ulgurishmasdi, chunki chaqaloq pastga qulagandi, deya yozadi Inside Edition.

Ammo shu payt 28 yoshli Tonik Turg‘anbek paydo bo‘ldi. U mashinasini to‘xtatib, tushdi va darrov chaqaloqni ushlab qolishga urindi. To‘g‘ri, u go‘dakni tutib qola olmadi, faqat yiqilish zarbini yumshatishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu chaqaloqqa hech qanday shikast yetmasligi uchun yetarli bo‘ldi. Go‘dak hech qanday zarar ko‘rmadi.

Kiritildi: 11:44 29.05.2019. O'qildi: 2565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!