Yuzlab uchuvchilar London sudida Irlandiyaning byudjetli aviakompaniyasi Ryanairga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi va uni ta’til maoshini to‘lamaganlikda ayblashdi.
Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Da’vo arizasi Ryanairning sobiq uchuvchisi Richard Fillips tomonidan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u 2012 yilda British Airwaysga o‘tishdan oldin aviakompaniyada to‘rt yil ishlagan. Uning da’vosiga 260 dan ortiq kishi qo‘shildi.
Ryanairdan tashqari, ishda sudlanuvchilar orasida Storm Global va Brookfield Aviation International yollash agentliklari, shuningdek, Scanlon Associates konsalting firmasi bor.
Ryanair parvozlar soni, yo‘lovchilar soni va flot hajmi bo‘yicha Yevropaning eng yirik aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniyaning bosh qarorgohi Dublinda joylashgan.