Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

23-o‘lim! Buxoroda 58 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

23-o‘lim! Buxoroda 58 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. 

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham   nazoratida bo‘lib, ular ishtirokida  konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida o‘tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:24 29.06.2020. O'qildi: 3319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!