Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi Oliy sudi 24 ayol bilan nikohda bo‘lgan Uinston Blekmorga hukm chiqargan.
Boshqa bir ayblanuvchi Jeyms Oler ham besh ayolga uylangani uchun aybdor deb topilgan. Hukmga ko‘ra, Blekmor olti oy, Oler uch oy uy qamog‘ida bo‘ladi. Bundan tashqari, ikki erkak mos ravishda 150 va 75 soat jamoatchilik ishlariga jalb qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, Bleyekmor ilk bor 1975 yil uylangan. 61 yoshli kanadalikning to‘rt xotinidan 15 farzandi bo‘lgan. U 149 nafar bolaning otasi bo‘lgan.
Blekmor va Oler Kanadaning so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt ichida ko‘pxotinlik uchun jazolangan ilk fuqarolari bo‘lgan.
Manba: qalampir.uz