Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

22 davlat Xitoyda uyg‘urlarning ommaviy ravishda qamoqqa olinishiga qarshi qo‘shma bayonot imzoladi

22 davlat Xitoyda uyg‘urlarning ommaviy ravishda qamoqqa olinishiga qarshi qo‘shma bayonot imzoladi

Yaponiya, Buyuk Britaniya va yana 20 davlat Xitoyning Sinszyan viloyatida uyg‘urlarning ommaviy ravishda qamoqqa olinishiga qarshi qo‘shma bayonot imzoladi, deb SSN xabar berdi.

22 davlat Xitoyning inson huquqlarini bunday paymol qilishga barham berishini va BMT ekspertlarini hududga kirishlariga rasmiy Pekin ruxsat berishini talab qilmoqda.

Bu bayonot Xitoyning g‘arbiy hududlarida olib borilayotgan siyosatiga qarshi boshlangan birinchi birlashgan harakatdir. Mutaxassislarning aytishicha, bu hududlarda 2 millionga yaqin uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz va boshqa musulmon millatlar “qayta ta’lim berish” lagerlarida majburan ushlab turilmoqda. Jismoniy qiynoq usullari lager ichkarisida keng qo‘llaniladi.

Pekin esa barcha ayblovlarni rad etmoqda va bu lagerlarni terrorizm va Islom ekstrimizmiga qarshi tashkil etilgan “kasbga qayta tayyorlovchi markazlar” deb atamoqda.

Bayonotni imzolagan 18 ta Yevropa davlati orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya Sinszyan viloyatida kamchilikni tashkil qiluvchi millatlarga, jumladan, uyg‘urlarga o‘tkizilayotgan zug‘m va cheklovlardan xavotirda. Bayonatda, shuningdek, Avstraliya, Kanada, Yaponiya va Yangi Zelandiya ham bor. Ammo aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan davlatdan faqat Turkiya bu harakatga qo‘shilgan xolos.

Human Rights Watch mutaxassislarining aytishicha, bu qo‘shma bayonot nafaqat Sinszyan aholi, balki butun dunyodagi insonlar huquqlari kafolati uchun xizmat qiladi va hatto har qanday kuchli davlatni ham inson huquqlari buzilishi yuzasidan javobgarlikka tortishda muhim rol o‘ynaydi.

Kiritildi: 07:45 12.07.2019. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!