Kelajakka nazar tashlashni va kelgusida qanday kasblar paydo bo‘lishi mumkinligini bilmoqchimisiz? U holda ilgari IBM injeneri bo‘lgan va hozirda Da Vinchi instituti ijrochi direktori bo‘lgan Tomas Frey tuzgan ro‘yxat bilan tanishing.
Dronlar dispetcheri (Drone Dispatcher) — dronlar mahsulot, suv va taom tashiydi, hududni va suv havzalarini chiqindilardan tozalaydi, atrof-muhitni kuzatadi. Dronlarning ish faoliyati kengaygani sari ularni boshqaruvchi dispetcherlarga bo‘lgan talab oshadi.
Kvant hisob-kitoblar bilan shug‘ullanuvchi (Brain Quants) — birja savdolari uchun murakkab matematik uslublardan foydalanuvchi mutaxassis.
Gravitasiyani yenguvchi (Gravity Puller) — gravitasiyaga ta’sir qiluvchi kodni buzuvchi dastlabki kishilar.
Vaqt xakeri (Time Hacker) — umr ko‘rish davomiyligini boshqaruvchilar.
Vaqt brokeri (Time Broker) — vaqt bilan savdo qiluvchi bankir.
Tabiat injeneri (Tree-Jacker) — o‘simlik va daraxtlarni o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. U dasturlangan daraxtlar yaratish, ularning barglari, shakli, mevasi va rangini o‘zi istagan ko‘rinishga keltirish bilan shug‘ullanadi.
Biolog-psixolog (Plant Psychologist) — tabiat injenerlarining faoliyati keltirishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish bilan shug‘ullanadi.
Jonivorlarni klonlashtiruvchi (Extinction Revivalist) — yo‘qolib ketgan jonivorlarni qayta tiriltirish bo‘yicha mutaxassis.
Klonlashtirish bo‘yicha fermer (Clone Rancher) — kelajakda odamlar xuddi uy jonivorlari singari fermalarda ko‘paytiriladi.
Tana qismlarini ishlab chiqaruvchi (Body Part & Limb Maker) — inson organlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
O‘simliklar tarbiyachisi (Plant Educator) — «aqlli» o‘simliklar talabga qarab o‘zgaradi.
Lab dizayneri (Lip Designer) — labni istalgan shaklga keltiruvchi mutaxassis.
Xotira bo‘yicha terapevt (Memory Augmentation Therapist) — yoqimli xotiralar bo‘yicha mutaxassis.
Amneziya xirurgi (Amnesia Surgeon) — yomon xotiralarni miyadan olib tashlaydigan mutaxassis.
Nano-qurolsoz (Nano-Weapons Specialists) — kelajakda qurollar shu darajada kichiklashib ketadiki, uni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi.
Kosmik energiya tizimi konstruktori (Space-Based Power System Designer) — kelajakda energiya tabiat resurslarini yoqish orqali emas, balki kosmosdan olinadi.
Geoinjener (Geoengineer) — ob-havoni nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis.
Zilzilani bashorat qiluvchi (Earthquake Forecaster) — yer qimirlashini oldindan aytuvchi mutaxassis.
Energiyani saqlash tizimi mutaxassisi (Mass Energy Storage Developer)— bugungi kunda biz elektr energiyasini ishlab chiqara olamiz, ammo uni ertangi kun uchun saqlash yo‘lini bilmaymiz. Kelgusida ishlab chiqarilgan energiyani omborlarda saqlash yo‘li topiladi.
Siqilgan havo injeneri (“Heavy Air” Engineer) — havoni siqish yo‘li orqali qurilish va transport infrastrukturasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Robot chuvalchanglar (Robotic Earthworm Drivers) — robot chuvalchanglar chiqindilarni tuproqqa aylantirish bilan shug‘ullanadi.
Tomas Freyning fikricha, bular kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasblarning bir qismi xolos.
Manba: kun.uz