Evropa iqlim xizmati Copernicus tadqiqotiga ko‘ra, 2026 yil iyun oyi G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq iyun bo‘ldi. Mintaqada o‘rtacha oylik havo harorati 20,74°C ni tashkil etdi, bu 1991–2020 yillar uchun iyun oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,06°C ga yuqori.
Avvalgi iyun rekordi 2025 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘rtacha oylik havo harorati 20,49°C (+2,81°C) ga yetgan edi.
Minataqadagi uchinchi eng issiq iyun oyi 2003 yilga to‘g‘ri keladi — 20,43°C (+2,75°C). Meteokuzatuvlar tarixida o‘rtacha haroratning iyun oyida isish tomon og‘ishi birinchi marta 2000 yilda 18,13°C (+0,45°C) belgisida qayd etilgan.
Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, 2026 yil iyun oyida G‘arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismida, Angliya va Uelsning bir qator tumanlarida, shuningdek, Ispaniyaning markaziy va shimoliy qismlarida 1979 yildan buyon rekord darajadagi issiqlik kuzatildi.