Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

2024 yil yozida rekord darajadagi issiqlik bashorat qilinmoqda

2024 yil yozida rekord darajadagi issiqlik bashorat qilinmoqda

2024 yil yozi issiqlik va namlik bo‘yicha rekordlarni yangilashi mumkin, deb ogohlantirmoqda iqlimshunoslar. AQSh Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan bashorat ekvator bo‘ylab katta hududlarni, jumladan, Hindiston va Afrikaning katta qismini, Markaziy va Janubiy Amerika va Avstraliyani, shuningdek, AQSh bir qismini qamrab oladi. Bu haqda MIR-24 yozdi.

Olimlar El-Ninyo hodisasining global haroratning oshishiga ta’sirini tahlil qildi. El-Ninyo - tabiiy iqlim o‘zgarishining issiq davri. Global isish davrida bu hodisa o‘z oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, eng yuqori harorat El-Ninyo cho‘qqiga chiqqanidan taxminan besh oy o‘tgach sodir bo‘ladi. Oxirgi cho‘qqi 2023 yil dekabriga to‘g‘ri kelgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2024 yilda tropik mintaqada o‘rtacha maksimal nam havo harorati Selsiy bo‘yicha 26,2 darajani tashkil qiladi. Uning avvalgi harorat rekordini yangilash ehtimoli 68 foizga teng.

Shimoliy Hindiston kabi nam issiqlikdan tez-tez aziyat chekadigan hududlarda bu yozda rekord darajadagi issiqlik va namlikning 50 foiz ehtimoli bor.

Olimlar issiqlik va yuqori namlikning kombinasiyasi juda xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi. Ko‘pchilik quruq issiqlikka toqat qila oladi, ammo nam issiqlik tana uchun katta stressdir. Havo qanchalik nam bo‘lsa, ter shunchalik kam bug‘lanadi, bu terning sovutish ta’sirini kamaytiradi va tana haroratini normal saqlashni qiyinlashtiradi.

Kiritildi: 22:20 24.04.2024. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!